Britaniyalik tadqiqotçilar plastik ifloslanişga qarşi kuraşiş usulini işlab çiqdi – ular modifikatsiyalangan içak tayoqçasi orqali çiqindilarni paratsetamolga aylantirdi. Bu haqda Nature jurnalida çop etilgan tadqiqotda aytiladi.
Edinburg universiteti olimlari guruhi 1872 yildan beri ma’lum bölgan Lossen kimyoviy reaksiyasi tirik bakteriya hujayralarida muvaffaqiyatli davom etişini aniqladi.
Kaşfiyotning mohiyati şundan iboratki, tabiiy ravişda bakteriya hujayralarida mavjud bölgan fosfat ionlari bu reaksiyani toksik metall katalizatorlarsiz va yuqori haroratlarsiz katalizlaşi mumkin.
Olimlar genetik jihatdan özgartirilgan içak tayoqçasini oldi, u mustaqil ravişda özi uçun muhim modda bölgan para-aminobenzoy kislotasini işlab çiqara olmaydi. Bakteriyalar qayta işlangan plastmassadan olingan maxsus substratni olganda, uni uşbu kislotaga aylantiradi va faol köpayişni boşlaydi.
Jarayon polietilentereftalatdan tayyorlangan oddiy plastik idişdan boşlanadi. Plastmassa tereftalik kislotaga parçalanadi, söngra biologik reaksiya uçun substratga kimyoviy modifikatsiya qilinadi. Özgartirilgan bakteriyalar uni para-aminobenzoy kislotasiga aylantiradi, keyin esa maxsus fermentlar tomonidan paratsetamolga qayta işlanadi. Optimal şaroitlarda tayyor dori asl substratning 92 foizini taşkil qiladi.
Olimlarning yozişiça, texnologiya bir vaqtning özida ikkita global muammoni hal qiladi. Har yili insoniyat 56 million tonna PET plastmassa işlab çiqaradi, ularning aksariyati çiqindilarga aylanadi. Paratsetamol dunyodagi eng maşhur dorilardan biri bölib, hozir neft mahsulotlaridan işlab çiqariladi. Yangi usul esa xona haroratida va zararli kimyoviy moddalarsiz çiqindidan dori oliş imkonini beradi.

















