«Koronavirus kasalligi mutlaqo yangi kasallik bölib, hali u haqida yetarli ma'lumotga ega emasmiz. Bu borada alohida ilmiy izlanişlar amalga oşirilmagan.

Qolaversa, kasallik yoş bolalarda juda yengil formada ötyapti, şuning uçun kelajakda biror-bir jiddiy asorat qoldirişi haqida başorat qiliş notöğri böladi.

Fikrimizça, Covid-19 kelajakda farzand körmaslik (bepuştlik) kabi holatlarni keltirib çiqaradigan kasalliklar sirasiga kirmaydi», dedi Nurmat Otabekov.

Şuningdek, surunkali qandli diabet kasalligi bölgan bemorlar davolaniş uçun qayerga murojaat qilişi kerakligi haqidagi savolga ham javob berildi.

«Dunyo miqyosida pandemiya boşlanganidan keyin respublikamizda ham karantin tufayli köpgina şifoxonalar faoliyati (profili) özgartirildi. Otangizni davolatiş uçun yaşaş joyingiz böyiça poliklinikaga murojaat qilsangiz, hozirda faoliyat körsatayotgan şifoxonalar töğrisida aniq ma'lumot olişingiz mumkin.

Buning ustiga keyingi paytlarda profilini özgartirgan muassasalar, birin-ketin qaytadan özlarining avvalgi faoliyatini tiklamoqda», dedi ştab a'zosi.

Brifingda ma'lum qilinişiça, kon'yunktivit ham koronavirus kasalligi belgilaridan biri bölişi mumkin.

«Tadqiqotçi olimlarning aniqlaşiça, kon'yunktivit ya'ni köz şilliq pardasining yalliğlanişi koronavirus kasalligining belgilaridan biri bölişi mumkin. Italiyalik olimlar koronavirus burun şilliq qavatida aniqlangandan bir hafta ötib köz şilliq qavatida ham uçraşini tadqiqotlarida ta'kidlaşgan. Şuning uçun koronavirus kasalligini davolayotgan şifokorlar nafaqat burun va oğiz, balki közlarni ham himoya qiliş borasida ham ogohlantiriladi.

Xitoy şifokorlarining tajribasida ham koronavirus bilan davolanayotgan bemorlarda 1 foiz holatda kon'yunktivit aniqlangan», dedi Nurmat Otabekov.