AQŞning Massaçusets texnologik instituti muhandislari şaharda yoki quyuq örmonda nimagadir urilib ketiş xatarisiz yuqori tezlikda uçadigan uçuvçisiz parvoz qurilmasi ixtiro qilişdi. Bu haqda EurekAlert ilmiy naşri xabar bermoqda. 

NanoMap tizimi dronning atrofini ölçovçi çuqurlik datçiklari tizimini qöllaydi.  Dron körinuvçi obektlardan kelib çiqib nafaqat harakatlanişni rejalaştira oladi, balki köriniş yomon bölganda qanday harakatlanişni hal qila oladi. 

Dronlarning sinovdan ötkazilişi vaqtida konstruktorlar NanoMap bilan jihozlanmagan dronlar 25 foiz holatda, jihozlangan dronlar esa 2 foiz holatda tösiqqa urilişini aniqlaşgan.