Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenkoning ma'lum qilişiça, Rossiya jahon uruşini boşladi. Bu haqda u Myunxendagi xavfsizlik böyiça anjumanda aytib ötdi, deb yozmoqda «Yevropa haqiqati».

«Rossiya tomonidan boşlangan gibrid uruşi global darajadagi gibrid uruşga aylanmoqda», - deya aytib ötdi Poroşenko.

Uning sözlariga köra, «Rossiya rahbariyati tomonidan Ukrainada sinovdan ötkazilgan» gibrid uruşi usullari jahonning boşqa mintaqalarida qöllanilmoqda.

Şuningdek, Ukraina prezidenti Rossiyani Petya virusini tarqatişda aybladi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenko bilan telefon orqali muloqot ötkazgandi.