Çirçiq oliy tank qömondonlik-muhandislik bilim yurtining muddatli harbiy xizmatini ötab bölgan harbiy xizmatçilarni tantanali kuzatiş marosimi bölib ötdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Harbiy xizmatçilarni Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatçilik kengaşi, Respublika Yoşlar ittifoqi hamda Çirçiq şahar hokimligi vakillari qizğin muborakbod etişdi.
Xizmat burçini tamomlayotgan askarlar içida harbiy qism qömondonligining imtiyozli tavsiyanomasini olgan askarlar köpçilikni taşkil etadi.
Tadbir davomida Markaziy harbiy orkestr jamoasi, Qurolli Kuçlar Markaziy aşula va raqs ansambli xonandalari tomonidan yangragan kuy va qöşiqlar barçaga manzur böldi.





















