Ukraina sobiq prezidenti Leonid Kuçmaning ma'lum qilişiça, Ukraina heç qaçon tölaqonli davlat bölmagan, u davlatning hozirgi holatini dahşatli, deb atadi. Bu haqda «Ukraina.ru» yozmoqda.
«Ukraina heç qaçon tölaqonli davlat bölmagan, ukrainaliklarning bugungi holati esa dahşatli. Içki mahsulotning 75 foizi – bizning qarzlarimiz. Bu dahşatli. Ularga kim pul tölaydi? Hozir Xalqaro valyuta jamğarmasi bermasa, defoltni e'lon qiliş kerak böladimi?» - deya aytib ötdi Kuçma.
Uning sözlariga köra, davlatning hozirgi ahvoliga Oliy rada deputatlari aybdor. Şuningdek, u aholi hayoti darajasi va milliy iqtisodiyot holatidan köra, saylovlar haqida köproq gapirişayotganiga e'tibor qaratdi.
«Biz Myunxen konferensiyasini katta umid bilan kutgandik. Biroq Ukraina u yerda eng pastki örinda turdi. Göyoki biz u yerda yöqdekmiz. Agarda u yerga prezident borib, biz Yevropa xaritasida ekanimizni eslatmaganida, yoddan ham çiqarib yuborişgan bölardi. Mana şu qörqinçli. Buning ustida boş qotiriş kerak», - deya qöşimça qilib ötdi Kuçma.

















