Yoqilği-energetika kompleksi Markaziy dispetçerlik idorasining materiallariga köra, yanvar-fevral oylarida Rossiya neftining Özbekistonga importi 24,9 ming tonnani taşkil etdi, deb yozmoqda Spot.uz.
Şu bilan birga, barça hajmlar yanvar oyida yetkazib berilgan, fevralda esa yetkazib berilmagan.
2017 yilda Rossiya neftining Özbekistonga eksporti 68,2 ming tonnani taşkil etdi. Xususan, noyabr oyida Özbekistonga 30 ming tonna, dekabrda esa 38,2 ming tonna neft yetkazib berildi. «Transneft» kompaniyasi rasmiy vakili Igor Demin gap hozirça faqat sinov tarzida yetkazib beriş haqida ketayotganini aytgandi.
26 fevral kuni «Transneft» kompaniyasi vitse-prezidenti Sergey Andronov ayni damda qozoğistonlik şeriklar va Özbekiston bilan neft taşiş hajmini aniqlaş böyiça faol muzokaralar olib borilayotganini ma'lum qilgandi.
2017 yil aprel oyida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Moskvaga taşrifi çoğida Özbekistonga 500 ming tonna Rossiya neftini yetkazib beriş böyiça ikki tomonlama memorandum imzolangan.

















