Amaldagi tartiblarga köra, respublika hududiga qalbakilaştirilgan mahsulotlar va tovarlarni noqonuniy olib kirişga çek qöyiş maqsadida bojxona çegarasi orqali tovarlarni olib kirayotgan yuk taşuvçilar çegarani kesib ötgan joyidagi bojxona organlariga ötkazilayotgan tovarlar töğrisidagi ma'lumotni, şu jumladan ularning nomi, miqdori, vazni va yuklar qiymati haqidagi ma'lumotni taqdim etişlari şart.
Ayni şu talabdan kelib çiqib, Toşkent şahar bojxona boşqarmasining “Çuqursoy texnik idora” temir yöl çegara bojxona posti xodimlari tomonidan Respublika transport prokuraturasi xodimlari bilan hamkorlikda “Kafolat Poyafzal Invest” mas'uliyati çeklangan jamiyat nomiga 2017 yilning noyabr oyida Xitoydan keltirilgan konteyner belgilangan tartibda bojxona körigidan ötkazildi, deb xabar bermoqda Toşkent şahar bojxona boşqarmasi axborot xizmati.
Yukka tegişli hujjatlarga köra, uşbu konteynerda qiymati 4,3 ming AQŞ dollaridan ortiq salkam 17 tonna poliuretan qoplamali töqimaçilik matolari bölişi lozim edi.
Bojxona körigi davomida yöl-yuk kuzatuv hujjatlaridagi ma'lumotlar öz tasdiğini topmadi. Ya'ni, konteynerda uşbu tovarlarning örniga hujjatlarda umuman körsatilmagan 81 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-keçaklar, dori va kosmetika vositalari hamda boşqa tovar-moddiy boyliklar borligi aniqlandi.
Oradan salkam 1 oy ötmay, uşbu korxona nomiga yana Xitoydan keltirilgan 3 ta konteynerda ham şu taxlitdagi bojxona qoidabuzarliklari foş qilindi. Qarang-ki, bu gal ustomonlar qadamni yana ham kattaroq olişgan. Avvalgi ssenariyni takrorlagan holda bu gal ham poliuretan qoplamali töqimaçilik matolari niqobi ostida 38 turdagi xalq xöjaligi tovarlari, kiyim-keçaklar, maişiy texnika buyumlari va boşqa tovarlarni olib kirmoqçi bölişgan ekan.
Baholaş böyiça ekspertlarning xulosasiga köra, 4 ta konteynerdagi jami 119 turdagi tovar-moddiy boyliklarning umumiy qiymati salkam 7 mlrd. 300 mln. sömni taşkil qildi.
Mazkur holat yuzasidan qözğatilgan jinoyat işi Toşkent şahar Jinoyat işlari böyiça Mirobod tumani sudi tomonidan körib çiqilib, sud hukmiga binoan uşbu tovar-moddiy boyliklar davlat egaligiga ötkazildi.
Aybdor şaxsga nisbatan esa Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 182 moddasi 2-qismi “a” bandi bilan tegişli jazo tayinlandi.

















