Yoşlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalaşga doir işlar samaradorligini oşiriş va faollaştiriş, bu boradagi ta'lim-tarbiyaviy işlarga Özbekiston fuqarolarini, davlat va nodavlat notijorat taşkilotlarini hamda fuqarolik jamiyatining boşqa institutlarini yanada faol jalb etiş va yoşlar ongiga vatanparvarlik, mardlik tuyğularini singdiriş maqsadida joriy yilning 23 fevral kunidagi 140-sonli Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Yoşlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş konsepsiyasi kuçga kiritildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi taşabbusi bilan yaratilgan mazkur Kontseptsiya mamlakatda amalga oşirilayotgan yoşlarga oid davlat siyosatining ustuvor yönalişlari va asosiy prinsiplari asosida işlab çiqilgan bölib, hozirgi murakkab globallaşuv davrida, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari şiddat bilan rivojlanib borayotgan şaroitda yoşlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş bilan boğliq dolzarb vazifalar va ularni hal etiş yöllari, davlat va nodavlat notijorat taşkilotlari, oila, mahalla, ta'lim-tarbiya institutlarining bu boradagi roli va ahamiyatini, özaro hamkorligini milliy va xalqaro huquqiy normalarni hisobga olgan holda belgilab beradi.
Şu haqda Özbekiston Milliy matbuot markazida Mudofaa vazirligi tomonidan taşkil etilgan “Mamlakatimizda yoşlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş masalalari” mavzusidagi matbuot anjumanida mutaxassislar tomonidan ommaviy axborot vositalari xodimlariga ma'lumot berildi.


Şuningdek, matbuot anjumanida, harbiy xizmatçilar va ularning oila a'zolarini, Qurolli Kuçlar xizmatçilarini, aholini, ayniqsa, ösib kelayotgan yoşlarni sahna asarlaridan bahramand etiş orqali ularda vatanparvarlik tuyğularini tarbiyalaş, yoşlarga milliy va umuminsoniy qadriyatlar, mustaqillik ğoyalari, Vatanimiz tarixi, uning mustaqilligi yölida jon fido etgan hamyurtlarimiz jasoratini madh etuvçi sahnalaştirilgan spektakllarni namoyiş etiş maqsadida Mudofaa vazirligi Ma'naviyat va ma'rifat markazi huzuridagi “Turon” teatr-studiyasi taşkil etilgani haqida aytib ötildi.















