2018 yilning 12-14 mart kunlari Özbekiston Respublikasi prezidentining Afğoniston böyiça maxsus vakili Ismatulla Irgaşev boşçiligidagi delegatsiya Birlaşgan Arab Amirliklari va Saudiya Arabistoni podşohligiga taşrif buyuradi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar berdi.
BAA va Saudiya Arabistoni rasmiylari bilan uçraşuvlar çoğida ikki tomon kun tartibiga doir dolzarb masalalar va 2018 yil 26-27 mart kunlari Toşkent şahrida bölib ötadigan Afğoniston böyiça «Tinçlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy şeriklik» mavzusidagi yuqori darajali xalqaro konferensiyaga tayyorgarlikning ayrim amaliy jihatlarini muhokama qiliş rejalaştirilmoqda.

















