Moskva politsiyasi dollarlarini rubllarga almaştirgani valyuta ayirboşlaş şoxobçasiga kelgan erkakdan 1 mln dollar öğirlaşda gumon qilinganlarni uşladi.

Jabrlanuvçining aytişiça, u şoxobçaga katta miqdordagi valyutani rublga almaştirgani öz tanişlari bilan kelgan. Erkak pullar solingan sumkani şoxobça xodimiga bergandan keyin u göyoki pullarni sanab olişi kerakligi vaji bilan darçani yopib qöygan va pullar bilan birga zaxira çiqişdan qoçib qolgan.

Politsiya 43 va 46 yoşli ikki erkak şoxobça joylaşgan xonani ijaraga olganini aniqlagan. Ularda valyuta ayirboşlaş amaliyotlarini bajariş uçun ruxsatnomalar bölmagan.

“Jinoyatçilarning şeriklari jabrlanuvçiga uşbu şoxobçani eng maqbul kursga ega şoxobça sifatida tavsiya qilişgan”, deb aytilgan içki işlar vazirligi xabarida.

Gumonlanuvçilarga nisbatan Rossiya Jinoyat kodeksining “Bir guruh şaxslar tomonidan amalga oşirilgan yoki öta yirik miqdordagi firibgarlik” moddasi böyiça jinoiy iş qözğatilgan. Uşbu modda böyiça 10 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi közda tutiladi. 

Huquq-tartibot idoralari uşbu firibgarlikka aloqador bölgan qolgan şaxslarni qidirişda davom etmoqda.