Buyuk Britaniyaning Toşkentdagi elçixonasi GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi zaharlanişi tufayli suriştiruv işlari borasida bayonot berdi. Mamlakat boş vaziri Tereza Meyning ta'kidlaşiça, ular «Noviçok» nomli harbiy turdagi asab-falajlovçi modda bilan zaharlangan.
“Rossiya davlati tomonidan Birlaşgan Qirollikka qarşi bu kuçning noqonuniy qöllanilişi Yevropa, jumladan Qrim va Donbassda, Ukraina, hamda undan taşqarida Rossiya davlatining tizimli tajovuzkorligi fonida röy bermoqda. Bu tajovuzkorlik keng qamrovli hamda qat'iy javobni talab qiladi”, - deyiladi bayonotda.
Avvalroq, Buyuk Britaniya boş vaziri Tereza Mey parlamentdagi eşituvlar davomida Buyuk Britaniya rossiyalik 23 nafar diplomatni mamlakatdan çiqarib yuborişi haqida ma'lum qilgandi. Uning sözlariga köra, Rossiya Britaniyaga Skripal işi böyiça işonç tuğdira oladigan javob taqdim etmagan.
Şuningdek uning ma'lum qilişiça, britaniyalik yuqori mansabli amaldorlar va qirollik oilasi a'zolari Rossiyadagi futbol böyiça jahon çempionatiga bormaydi. Britaniya Rossiya bilan muloqotni butunlay uzişdan manfaatdor emas, biroq mamlakatlar örtasidagi munosabatlar endi heç qaçon avvalgidek bölmaydi, deya ma'lum qildi Tereza Mey. Buyuk Britaniya Rossiya Federatsiyasi taşqi işlar vaziri Sergey Lavrovga Londonga taşrif buyuriş böyiça yuborilgan taklifnomani bekor qildi.
Bundan taşqari, Buyuk Britaniya hukumati Rossiyaga tegişli xususiy samolyotlarni tekşirişni kuçaytiradi, şuningdek, Birlaşgan Qirollik xavfsizligiga tahdid haqida ma'lumot paydo bölsa, barça davlat aktivlarini muzlatib qöyadi.
“Milliy xavfsizlik nuqtai nazaridan oşkor etilmasligi ham mumkin bölgan boşqa çoralar köriladi, biroq Rossiya tomonidan provokatsiyalarga töqnaş kelsak, ulardan foydalanişga tayyormiz.
Şuningdek ta'kidlab ötiş joizki, tegişli çoralardan birortasi ham xalqlarimiz örtasidagi aloqalarni uzişga yönaltirilmagan. Bizda Rossiya xalqi bilan heç qanday qarama-qarşilik yöq. Biroq Rossiya hukumati xatti-harakatlaridan britaniyaliklar hamda Buyuk Britaniya rezidentlari hayotiga tuğilayotgan tahdidlarga şunçaki qarab tura olmaymiz. Biz Rossiya tomonidan xalqaro majburiyatlarning qöpol tarzda buzilişiga ham köz yuma olmaymiz”, - deyiladi Buyuk Britaniyaning Özbekistondagi elçixonasi bayonotida.













