Toşkent metrosining «Beruniy» bekatida özini sekin yurib kelayotgan poyezd yöliga özini taşlab yuborgan ayolning şaxsi ma'lum böldi. 

Aniqlanişiça, öz joniga qasd qilmoqçi bölgan ayol ruhiy xasta bölgan. Olmazor tumanida istiqomat qilgan, 1978 yilda tuğilgan Muhabbat A. tegişli tibbiy muassasalarida hisobda turadi.

Ayni damda ayol kasalxonada bölib turibdi, u yengil jarohatlar olgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq 19 mart kuni soat 21:00 atrofida Toşkent metropolitenining «Beruniy» bekatida yölovçilardan biri özini poyezd yöliga taşlagani xabar berilgandi. «Kun.uz» manbasi ma'lumotiga köra, taxminan 30-35 yoş atrofida bölgan ayol bekatga sekin yurib kelayotgan poyezd yöliga özini taşlab yuborgan. Metropoliten xodimlari uni tezda çiqarib olişgan. Voqea joyiga çaqirilgan şifokor ayolning ruhiy holatida muammolar borligini aniqlagan.