Hukumatning 2018 yil 22 mart kunidagi farmoyişiga asosan, Toşkent şahar, Yunusobod tumani, Namangan köçasi 1-uy manzilida joylaşgan 1-son hibsxonasi joylaşgan bino va inşootlar Toşkent şahar hokimligiga ötadi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram messenjeridagi «Huquqiy axborot» kanalida ma'lum qilindi.
Farmoyişda yozilişiça, Toşkent şahar hokimligiga mazkur obektni uç oy muddatda buziş va buzişdan böşagan yer maydonini obodonlaştiriş va unda barça infratuzilma obektlari mavjud bölgan zamonaviy xiyobon (dam oliş maskani) barpo etiş vazifasi yuklandi.
Eslatib ötamiz, xalq orasida «Toşturma» nomi bilan maşhur bölgan mazkur hibsxona yanvar oyida Zangiota tumanida yangi barpo etilgan sakkiz qirrali yulduz şaklidagi binoga köçirilgandi.















