«Çilonzor buyum savdo kompleksi» AJ bölim boşliği lavozimida işlagan Dilşod Abdullayev 12 noyabr kuni 1-sonli Toşkent tergov izolyatorida vafot etdi. Uning yaqin qarindoşi ma'lumot berişiça, Abdullayevni 97 kun davomida «Toşturma»da saqlaşgan.

Şu yilning avgust oyida Toşkentdagi yirik bozorlar rahbarlari rastrata yöli bilan talon-taroj qiliş işida ayblanib, qölga olingandi. Ulardan biri «Çilonzor buyum savdo kompleksi» AJ Kapital quriliş bölim boşliği lavozimida işlagan Dilşod Abdullayev edi. Bozor mutasaddi xodimlari ÖzR Jinoyat kodeksining 167-modda 3-qismi «a» bandi, 168, 210 va 211-moddalarda nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etişda ayblanib, ularga nisbatan jinoiy  iş qözğatilgandi.

Abdullayevning yaqin qarindoşiga köra, u joriy yilning 7 avgust kuni prokuratura xodimlari tomonidan qölga olingan.

«8 avgust kuni advokat kiritsak, «bu yerda unday odam yöq»,  degan javobni oldik. Prezident portaliga murojaat qilmoqçi bölib, töpolon qilganimdan söng, «yöq, şu yerda», degan javobni berişdi», - deydi marhumning qarindoşi.

Boş prokuratura Matbuot xizmatining Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, Dilşod Abdullayev öz joniga qasd qilgan.

Xabarda aytilişiça, Abdullayev tergov davomida özini nomaqbul tutganidan şubhalangan prokuratura vakillari unga nisbatan sud-psixiatrik ekspertizasini tayinlaşga qaror qilgan. Ekspertiza xulosasida 43 yoşli Dilşodning heç qanday ruhiy kasallikdan azoblanmayotgani va ruhiy kasalliklar röyxatiga qöyilmagani ma'lum bölgan. 

«Tergov davomida fuqaro D.Abdullayevga nisbatan ruxsat etilmagan heç qanday metodlar qöllanilmagan», - deya qöşimça qilingan Boş prokuratura xabarida.

Vaziyatga aniqlik kiritiş uçun jazoni ijro etiş muassasasi rahbariyati bilan boğlanişning imkoni bölmadi. Ayni çoğda Boş prokuraturaga ham marhum qanday qilib, tergov hibsxonasida saqlanayotgan bir paytda, öz joniga qasd qilgani va qanday vositadan foydalangani noma'lum. D.Abdullayevning ölimi bilan boğliq holat yuzasidan tekşiruv davom etayotgani ta'kidlandi.

13 noyabr kuni Dilşod Abdullayevning vafoti munosabati bilan janoza bölib ötdi. Marhumni sönggi yölga 20 yoşli öğli, yaqin qarindoşlari, hamkasb va döstlari kuzatib qöydi. 

Ayni paytda Boş prokuratura tomonidan Toşkent şahridagi Savdo, xizmat körsatiş sohasi va xalq iste'mol mollari işlab çiqariş departamenti va «Bek töpi savdo kompleksi», «Çorsu buyum savdo kompleksi», «Çilonzor buyum savdo majmuasi», «Örikzor savdo kompleksi» bozorlari, «Eski Jöva dehqon bozori», «Yunusobod dehqon bozori» dehqon bozorlari va «Sergeli avtotransport va ehtiyot qismlari bozori» mansabdor şaxslariga nisbatan tergov davom ettirilmoqda.