Qahva — dunyodagi eng maşhur içimlik. Uning ta'mi deyarli barça mahsulotlar bilan uyğunlaşa oladi, hidini esa har qanday muhitda ham ilğaş mumkin. Katta şaharlarda deyarli har bir inson ertalab kunni qahva bilan boşlaydi.
Şunga qaramay, içimlik xususiyatlari oxirigaça örganilmagan. Qahvaning ziyonini isbotlovçi qator tadqiqotlar va ularga işonuvçi köpgina odamlar bor. Biroq, aslida uşbu xuşböy içimlikning salomatlikka salohiyatli ta'siri juda katta. Trendymen qahvaning yaqindagina ilm-fan tomonidan kaşf qilingan xususiyatlariga doir dalillari bilan bölişdi.
Qahva va jigar
Italiyaning Mario Negri universiteti olimlari tasodifan qahva jigarga ijobiy ta'sir körsatişini aniqlaşdi. Tasodifan deyilişiga sabab, tadqiqotçilar bu içimlikning öt pufagiga ta'sirini örganişayotgan edi (ma'lum bölişiça, qahva bu yerda toşlar paydo bölişi oldini olar ekan), jigar sirrozi rivoji xavfi esa 50 foizga kamayar ekan.

Qahva va erkaklik quvvati
Qahvaning erkaklik quvvatiga ta'siriga doir tadqiqotlar deyarli har yili kuzatiladi. Bir tomondan, qahva qonning kislorodga töyinişi uçun mas'ul temir moddasini özlaştirişni bloklaydi. Boşqa tomondan esa, qahva donaçalari kuçli va samarali akkumulyator hisoblanadi. Xulosa oddiy: tunga yaqin undan tiyilgan yaxşi. Kun davomida esa bu faqat foyda keltiradi.

Qahva va bioritmlar
Zamonamiz kişilarilarining aksariyati jyet-laga tuşunçasiga ega. Qançalik ğalati eşitilmasin, buni faqat uşbu tetiklaştiruvçi içimlik uddalay oladi. Qahva nafaqat tetiklaştiradi, balki tezkor akklimatizatsiya va bioritmlar normallaşuviga turtki beradi.

Qahva va aqli zaiflik
Şveytsariyalik olimlar bunday tadqiqot ötkazildi. Tajriba Altsgeymer kasalligi xavf guruhiga kiruvçi katta yoşli kişilarda ötkazildi. Natijalarga köra, kuniga uç piyola qahva aqli zaiflik xavfini 65 foizga kamaytirar ekan.





















