Avval xabar qilinganidek, Maktabgaça ta'lim vazirligi va Puçon universiteti örtasida «Toşkent şahrida Puçon universiteti filialini oçiş rejasi» bayonnomasi imzolandi, u yerda maktabgaça pedagogika va psixologiya fakulteti faoliyat yuritadi.

Bugun Puçon universitetining professor-öqituvçilari Li Dong Vuk va Li He Gyung bilan uçraşuv bölib ötdi. Bu haqda MTV axborot xizmati xabar bermoqda.

Tomonlar hamkorlikni yanada rivojlantiriş istiqbollarini muhokama qildilar. Xususan, Toşkent şahrining Çilonzor tumanidagi Pedagogika kolleji hududida universitet filialining qurilişi, 3 yillik bakalavriat bilan Özbekistondagi oliy öquv yurtlari uçun umumiy öquv dasturini işlab çiqiş masalalari körib çiqildi.

Şuningdek, tomonlar qayta tayyorlaş va malaka oşiriş kurslari hamda Özbekiston Respublikasida maktabgaça ta'limning davlat dasturini işlab çiqişda iştirok etiş masalalarini muhokama qildilar.

Uçraşuv yakunida mehmonlar tomonidan Maktabgaça ta'lim vazirligiga Özbekiston maktabgaça ta'lim sohasida foydalaniş uçun bepul öquv materiallari taqdim etildi.