Özbekiston Respublikasi prezidenti “Ösimliklar karantini böyiça davlat xizmati faoliyatining samaradorligini oşirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matni “Xalq sözi” tomonidan e'lon qilingan.
Hujjatda qayd etilişiça, ösimliklar karantini sohasidagi milliy qonunçilikni xalqaro normalar va qoidalarga muvofiqlaştiriş yuzasidan faol işlar olib borilmayapti, buning natijasida xorijiy hamkorlar tomonidan mahalliy mahsulotlarning örnatilgan standartlarga muvofiq emasligi öz davlatlarining bozorlariga olib kirilişini rad etiş holatlari qayd etilmoqda hamda çet eldan moliyaviy va grant mablağlarini jalb etiş jarayoni murakkablaşmoqda.
Respublika mintaqalarida hozirgi kunga qadar eksportga jönatiladigan hamda karantin zararkunandalari, ösimliklar kasalliklari, begona ötlar taşuvçisi bölişi mumkin bölgan çet davlatlardan olib kiriladigan uruğlar, ösimliklar, ösimlik mahsulotlari va boşqa materiallarni karantin tekşiruvi va ekspertizadan ötkaziş böyiça laboratoriyalar mavjud emas. Ösimliklar karantini sohasida kadrlarni qayta tayyorlaş va malakasini oşirişning ta'sirçan tizimi mavjud emas, buning natijasida mutaxassislarning kasbiy mahoratlari, ularning uşbu sohadagi iş könikmalari oşirilişi ta'minlanmayapti.
Ösimliklar karantini böyiça davlat xizmati bölinmalarining zaif moddiy-texnika ta'minoti, ulardagi xodimlar, ayniqsa, joylarda işlovçilarning karantin tadbirlarini ötkaziş uçun zarur uskunalar bilan ta'minlanmagani hamda ularning moliyaviy va ijtimoiy ta'minoti yetarli darajada bölmaganligi özlariga yuklatilgan vazifa va majburiyatlarni samarali va sifatli bajariş imkonini bermaydi.
Qaror bilan ösimliklar karantini sohasidagi xalqaro standartlarni milliy qonunçilikka implementatsiya qiliş böyiça doimiy faoliyat körsatuvçi idoralararo işçi guruh tuzilsin va uning tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlandi.
Quyidagilar idoralararo işçi guruhning asosiy vazifalari etib belgilandi:
ösimliklar karantini sohasidagi işlar holatini kompleks örganiş;
Özbekiston Respublikasining ösimliklar karantini sohasidagi xalqaro şartnomalarga, şu jumladan, Ösimliklar karantini va himoyasi böyiça xalqaro Konventsiyaga (Rim, 1951 yil) qöşilişi böyiça aniq çora-tadbirlarni işlab çiqiş;
Özbekiston Respublikasi qonunçiligining ösimliklar karantini sohasidagi barça xalqaro standartlarga muvofiqligini ta'minlaş yuzasidan takliflar tayyorlaş;
Mavzuga oid
xorijiy davlatlar karantin xizmatlari bilan (Qirğiziston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi, Belarus Respublikasi, Armaniston Respublikasi, Tailand Qirolligi, Yaponiya, Malayziya, Singapur Respublikasi, Turkiya Respublikasi, Germaniya Federativ Respublikasi, Latviya Respublikasi, Bangladeş, Hindiston Respublikasi, Afğoniston Islom Respublikasi va boşqalar) ösimliklar karantini sohasida hamkorlik qiliş böyiça bitimlarni tuziş masalasini işlab çiqiş, şu jumladan, bunday bitimlar loyihalarini tayyorlaş.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ösimliklar karantini davlat inspeksiyasi tuzilmasida quyidagilar taşkil etiladi:
Xalqaro aloqalar, investitsiyalar va innovatsion rivojlaniş boşqarmasi;
Ösimliklar karantini xizmati böyiça fitosanitar xavfni prognozlaştiriş va tahlil qiliş boşqarmasi;
içki va taşqi ösimliklar karantini bölimi negizida Içki va taşqi ösimliklar karantini boşqarmasi;
Ösimliklar karantini va himoyasi böyiça yiğma axborot-tahlil boşqarmasi;
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bölimi.
Inspektsiya va Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Inspektsiyaning Ösimliklar karantini tizimini rivojlantiriş jamğarmasi mablağlari hisobidan moliyalaştiriladigan Inspektsiyaga qöşimça 176 ştat birligini, şu jumladan, 121 ösimliklar karantini böyiça tuman va şahar inspektorlarini, 55 avtomobil yöllari, temir yöl stansiyalari, aeroportlar, daryo portidagi ösimliklar karantini böyiça çegara punktlari hamda poçtamtdagi punkt inspektorlarini ajratiş töğrisidagi takliflari ma'qullandi.
Inspektsiya boşliğiga quyidagi huquq berildi:
zarur hollarda Inspektsiyaning markaziy apparati, ösimliklar karantini hududiy inspeksiyalari va uning tarkibiga kiruvçi boşqa taşkilotlar tuzilmasiga xodimlarning belgilangan soni doirasida özgartirişlar kiritiş;
Jamğarma mablağlari hisobidan Inspektsiya xodimlarining qöşimça ştat birliklarini joriy etiş.
Belgilab qöyilişiça:
Inspektsiya boşliği va ösimliklar karantini hududiy inspeksiyalari boşliqlari lavozimiga köra tegişliça Ösimliklar karantini böyiça Özbekiston Respublikasi boş davlat inspektori hamda Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahri ösimliklar karantini böyiça boş davlat inspektorlari hisoblanadilar;
ösimliklar karantini böyiça tuman va şahar inspektorlari, avtomobil yöllari, temir yöl stansiyalari, aeroportlar, daryo portidagi ösimliklar karantini böyiça çegara punktlari hamda poçtamtdagi punkt inspektorlari xizmat majburiyatlarini bajarişda maxsus formali kiyim-boş va tegişli farqlovçi belgilarini kiyib yuradilar;
inspektorlarni formali kiyim-boş va tegişli farqlovçi belgilar bilan ta'minlaş bilan boğliq xarajatlar Jamğarma mablağlari hisobidan qoplaniladi.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda formali kiyim-boş va tegişli farqlovçi belgilarning namunalarini tasdiqlaydi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlarda ösimliklarning agrotexnik, biologik va kimyoviy işlovini amalga oşiriş uçun davlat-xususiy şeriklik şartlari asosida kamida 2 tadan ösimliklar klinikasi taşkil etiladi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi va viloyatlar hokimliklari Inspektsiya, boşqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ösimliklar klinikasi faoliyatini yölga qöyiş böyiça barça zarur taşkiliy-huquqiy çora-tadbirlarni köradi.
2018 yilning 1 aprelidan Inspektsiya va ösimliklar karantini hududiy inspeksiyalari tomonidan körsatiladigan davlat xizmatlaridan kelib tuşadigan davlat boji va yiğimi körinişidagi tuşumlar Jamğarmaga 80 foiz miqdorida, şu jumladan, Inspektsiya xodimlarining moddiy rağbatlantirilişiga Jamğarmaga kelib tuşadigan mablağlarning 10 foizidan ortiq bölmagan miqdori yönaltirilişi belgilab qöyildi.
2017 yilning 1 dekabridan 2018 yilning 1 apreligaça byudjyetga ötkazilişi lozim bölgan davlat boji va yiğimi körinişidagi tuşumlar Inspektsiya tomonidan 2018 yilning oxiriga qadar qoplanişi belgilandi.
Quyidagilar:
ösimliklar klinikasi 2018 yilning 1 iyulidan 2022 yilning 1 yanvariga qadar yer soliği, yuridik şaxslarning daromad va mol-mulk soliğidan hamda yagona soliq tölovlarini tölaşdan;
2020 yilning 1 yanvariga qadar belgilangan tartibda tasdiqlanadigan röyxatlarga köra ösimliklar karantini böyiça davlat xizmati faoliyatini takomillaştiriş hamda mamlakatda karantin holatni yaxşilaş uçun Özbekiston Respublikasiga olib kiriladigan respublikada işlab çiqarilmaydigan yoki yetarli hajmda işlab çiqarilmaydigan butlovçi buyumlar va ehtiyot qismlar, uskunalar, asbob va priborlar, maşina va mexanizmlar, kompyuter va diagnostika texnikasi bojxona tölovlarini tölaşdan (bojxona rasmiylaştiruvi uçun yiğimlardan taşqari) ozod qilindi.
2018 yil 1 maydan ösimliklar karantini böyiça tuman va şahar inspektorlari, avtomobil yöllari, temir yöl stansiyalari, aeroportlar, daryo portidagi ösimliklar karantini böyiça çegara punktlari hamda poçtamtdagi punkt inspektorlariga, qonun hujjatlarida belgilangan ustama va qöşimça tölovlardan taşqari, Jamğarma mablağlari hisobidan har çorak yakuni böyiça mehnat faoliyatida yuqori natijalarga erişganligi uçun Inspektsiya boşliği tomonidan Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelişilgan holda tasdiqlanadigan faoliyatni baholaşning reyting tizimiga muvofiq belgilanadigan, quyidagi miqdorlardagi rağbatlantiruvçi tölovlar beriladi: