2018 yilda Özbekiston iqtisodiyotida yalpi içki mahsulotning 5,9 foiz ösişi kutilmoqda. Markaziy Bank boşqaruv raisi Mamarizo Nurmurodov Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining XIV yalpi majlisida bu haqda ma'lum qildi.
«Joriy yilda yalpi içki mahsulot ösiş sur'atlari 5,9 foiz bölişi kutilmoqda. Şuningdek, inflyatsiya darajasini 12,4-13,4 foiz oraliğida uşlab qolgan holda real pul massasini 12-14 foizdan oşib ketmasligini ta'minlaş kutilmoqda», deya raisning sözlarini keltiradi Kun.uz muxbiri.
Eslatib ötamiz, Xalqaro valyuta jamğarmasi delegatsiyasi a'zosi Albert Yeger joriy yil 14 mart kuni Toşkent şahrida taşkil etilgan matbuot brifingida Özbekistonda yalpi içki mahsulot ösişi 2018-2019 yillarda 5 foiz atrofida bölişi prognoz qilinayotganini bildirgandi.

















