Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 21 noyabrdagi 927-son qaroriga muvofiq, Toshkent şahar hokimligi muassisligida “Toshkent agro zaxira xizmat” davlat unitar korxonasi taşkil etilib, tasarruf uçun Toshkent viloyatining Ohangaron tumanidan 30 ming gektar yer maydoni ajratildi.
Korxona Toshkent şahar aholisiga, jumladan aholi yaşaş mavzelariga asosiy turdagi qişloq xöjaligi va çorvaçilik mahsulotlarini öz vaqtida yetkazib berilişi va sotilişini ta'minlaydi, içki iste'mol bozorida mahsulotlar narxlarini barqarorlaştirib boradi.
Agrosanoat sohasidagi taşkilotlar, dehqon va fermer xöjaliklaridan tayyor mahsulotlarni sotib oliş, saqlaş, qayta işlaş, konservatsiya qiliş, qadoqlaş va sotiş vazifalarini bajaradi.
Korxona özi yetiştirgan mahsulotlarni qayta işlaydigan taşkilotlar faoliyatini yölga qöyib, qayta işlangan mahsulotlarni şahar aholisiga maqbul narxlarda uyuşgan savdosini taşkil etadi.
Bu vazifalarni amalga oşiriş uçun Korxona tomonidan yuqori texnologiyali energiyani tejovçi issiqxonalar, muzlatgiç va sovitgiçlar, katta hajmdagi omborlar quriş, logistika markazlari, innovatsion avtomatlaştirilgan fermalar, çet ellardan zotdor yirik şoxli va mayda qora mollarni olib kelib köpaytiriş, baliqçilik, asalariçilik, yilqiçilik, quyonçilik fermalari, parrandaçilik mahsulotlarini yetiştiriş, qişloq xöjalik mahsulotlarini qayta işlaş korxonalari, qadoqlaş, mahsulotlarga har xil qoplar, karton qutilar, plasmass idişlar va boşqalarni işlab çiqarişni va boşqa qişloq xöjaligiga oid sohalarni taşkil qilişni öz oldiga maqsad qilib qöygan..
Toshkent şahar hokimligi barça tadbirkorlarni, investorlarni mazkur sohalardagi mavjud innovatsion biznes loyihalari bilan Toshkent şahar xokimligi “Toshkent agro zaxira xizmat” DUKning Boş rejasida iştirok etişga taklif etadi.
Korxona manzili: Toshkent şahri, Mirobod tumani, Amir Temur şoh köçasi,3.
Telefon:+998 90 320-51-44, +998 71 233-52-52,
Elektron manzil: [email protected]
Reklama huquqi asosida
















