Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrovning fikriça, Ğarb Rossiya hisobidan bir tomonlama ustunlikka ega bölişga urinmoqda. Bu haqda RIA «Novosti» xabar berdi.

«Ğarbda şuni tuşunişlari kerakki, endi bir tomonlama öyin bölmaydi, bunda bizning hisobimizdan bir tomonlama ustunlikka erişiş umuman istiqbolsiz narsa», - deya aytib ötdi Lavrov Xalqaro xavfsizlik böyiça Moskva konferensiyasida.

Vazirning ta'kidlaşiça, Rossiya ğarb davlatlari örtasidagi keskin munosabatlardan manfaatdor emas.

«Biz heç kimga heç narsani majburlab ötkazmayapmiz, özgaça ekanimizga da'vo qilmayapmiz va özimizga erk bermayapmiz. Şeriklar bilan munosabatni yölga qöyib, xalqaro normalardan kelib çiqamiz, BMT markaziy rolini tan olamiz, boşqa millatlar va xalqlar manfaati, an'analari, özligini hurmat qilamiz, keskinlik, qurollaniş poygasiga kirişişdan manfaatdor emasmiz. Biroq Rossiya öz manfaatlari, suvereniteti, mustaqilligini aniq yönaltirilgan holda va samarali himoya qiladi, özimizning tasarrufimizda bölgan barça arsenaldan foydalanamiz», - deya qöşimça qilib ötdi Lavrov.

Eslatib ötamiz, avvalroq Lavrov AQŞ bilan kelişib oliş qiyin ekani haqida ma'lum qilgandi.