Qirğiziston Taşqi işlar vazirligi şanba kuni çegarada yuz bergan hodisa tufayli Özbekistonga nota yubordi. Bu haqda Qirğiziston taşqi siyosat idorasi xabar bergan.

"TIVga Özbekistonning Qirğizistondagi elçisi çaqirtirildi, u hodisa haqida xabardor qilindi, unga röy bergan voqea tafsilotlari töğrisida ma'lumot beriş iltimosi bölgan nota topşirildi", - deyiladi xabarda.

Vazirlikdan aytilişiça, rasmiy Bişkek "uşbu masalani nazoratda uşlab turibdi va ikki davlatning tegişli xizmatlari bilan aloqada".

Eslatib ötamiz, avvalroq Qirğiziston Davlat çegara xizmati matbuot xizmati Özbekiston çegaraçilari Qirğiziston fuqarosiga öq uzişgani haqida xabar bergandi. Uşbu fuqaro hayotdan köz yumgan. Ta'kidlanişiça, uşbu holat böyiça suriştiruv işlari boşlandi, hodisa röy bergan joyda Qirğiziston Davlat çegara xizmati boşqarmasi zobitlari va huquqni muhofaza qiluvçi organlar vakillaridan iborat guruh işlamoqda. Qirğiziston boş vaziri Sapar Isoqov şanba kuni tegişli idoralarga “çegaradagi voqeani özbek tomoni bilan birgalikda yaxşilab suriştiruvdan ötkaziş” vazifasini topşirdi.

KUN.UZ’ga Özbekiston hukumatidagi manbaning xabar berişiça, Qirğiziston fuqarosiga öq uzilganida, u Özbekiston hududida bölgan. Qayd etilişiça, avvaliga u ogohlantirilgan, söng osmonga qarata öq uzilgan, şundan keyin ham u böysunmaganidan söng unga öq otilgan. U Qirğiziston hududigaça çopib borgan, u yerda uni şeriklari qabul qilib olgan va kutayotgan maşinada şifoxonaga olib ketişgan. Hozirgi paytda u Özbekiston hududiga nima maqsadda kirgani noma'lum, degan manba.