Saudiya Arabistonida 18 aprelda deyarli oxirgi 40 yil içidagi ilk jamoat kinoteatri oçiladi. Dunyodagi eng konservativ davlatlardan birida kinonamoyişlar uning tarixidagi ilk konsert va ilk modalar haftaligi ortidan boşlanadi.
Qirollikda uzoq yillik ta'qiqlovdan keyin kinoteatrlar öz işini “Qora pantera” sarguzaşt filmini namoyiş qilişdan boşlaydi.
Kinofilm dastlab Ar-Riyoddagi qirol Abdulloh nomidagi moliya markazida joylaşgan 620 örinlik kinozalda namoyiş qilinadi.
Namoyiş kuni AQŞning eng yirik kinoteatrlar tarmoği AMC Entertainment tomonidan maxsus tantanalar bölib ötadi.
Ilk namoyişga çiptalar 50 saudiya riali (13 dollar) turadi. Ma'lum vaqtdan keyin çiptalar arzonlantirilişi va'da qilinmoqda.
Saudiya Arabistonida yangi köngiloçiş sohasi uçun javobgar bölgan axborot va madaniyat vazirligi namoyiş qilinişi rejalaştirilgan filmlar mazmunini mamlakatning ma'naviy qadriyatlariga zid kelmasligiga tekşiradi. Qirollikda bir qator imomlar kinoteatrlar işlaşiga qat'iy qarşi çiqişgan.
Saudiya Arabistonida kinoteatrlar 1980-yillar boşida qirol Fahd boşqaruvi vaqtida ta'qiqlab qöyilgan.

















