Saudiya Arabistonida 35 yillik taqiqlovdan keyin birinçi oçilgan kinoteatrda ilk bor ommaviy tarzda kinofilm namoyiş qilindi. Şu tariqa qirollikda kinoteatrlar işlaşiga kiritilgan köp yillik taqiqlovning amal qilişi töxtadi.

Ilk namoyiş qilingan film AQŞ kinoijodkorlarining “Qora pantera” sarguzaşt filmi böldi va u Ar-Riyoddagi kinoteatrga aylantirilgan konsert zalida bölib ötdi. Filmni ham erkaklar, ham ayollar tomoşa qilgani kelgan.
Saudiya Arabistonida kinoteatrlar 1980-yillarda taqiqlangan. Qirollikda yaşovçilar kinofilmlar köriş uçun qöşni Bahrayn va BAAga borişgan. Saudiya Arabistonidagi yagona işlovçi kinoteatr ilmiy markazdagi Imax bölib, unda ta'limiy filmlar namoyiş qilingan.



















