Dunyo olimlarining olib borgan qator izlanişlari natijasiga köra, fizika faniga oid ajoyib yangilik physics.aps.org naşrida e'lon qilindi. Şunisi quvonarliki, uşbu ilmiy izlaniş muallifi - hamyurtimiz, fizika fanlari doktori Farrux Fattoyev!
36 yoşli olimning ilmiy izlanişi gravitatsiyaviy tölqinlarning yadro ustidagi nur soçişiga oid bölib, sinov natijalari neytron zarraçalari içida joylaşgan ziç yadro moddalarini tasvirlab beruvçi LIGO va VIRGO tomonidan kuzatilgan. 100 yil oldin Eynşteyn taxmin qilgan gravatatsion tölqinlarni bugunga kelib özbekistonlik Farrux Fattoyev boşçiligidagi ilmiy guruh isbotladi!

Mazkur ilmiy iş doktor Fattoyevning xalqaro miqyosdagi 19-maqolasi bölib, u bundan avval ÖzFA Yadro fizikasi instituti, Hindistonning Puna Nazariy fizika markazi, Italiyaning Trieste universiteti, AQŞning Florida va Texas universitetlarida faoliyat olib borgan. Ayni vaqtda Farrux Fattoyev Indiana universitetida ilmiy izlanişlarini davom ettirmoqda.
Farrux Fattoyev - oilali, 3 nafar farzandning otasi. Turmuş örtoği Zebo Fattoyeva – huquqşunos, hozirda Indiana universitetida doktorlik darajasini oliş uçun tahsil olmoqda. Ta'kidlaş joizki, Farruxning otasi - Özbekistonda xizmat körsatgan xalq ta'limi xodimi, Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiyi, fizika fani pedagogi Abdujabbor Fattoyevdir.
















