Kişi köngli qançalik mehridaryo va keng bölmasin barçaga birdek kömak beriş juda muşkul. Biroq, sekin-asta birgalikda mehrimizga, yordamimizga muxtoj kişilarga muruvvat körsatişning imkoni hamişa topiladi.
«Parus» oilaviy-köngiloçar markazimizda 4-may kuni soat 16:00 da «Öquv qurollarini yiğiş» şiori ostida «Xlebuşkin» nomidagi 22-mehribonlik uyi tarbiyalanuvçilari uçun xayriya konserti bölib ötadi. Tadbirda mehribonlik uyining vokal böyiça qobiliyatli tarbiyalanuvçilari öz iste'dodlarini çiqişlarda namoyiş qiladilar. Kiriş barça uçun – bepul.
Kontsertda NTV telekanalining «Ty super!» xalqaro bolalar vokal tanlovining ikkinçi mavsumida Özbekiston nomidan qatnaşib, tomoşabinlar mehrini qozongan iqtidor egalari – Sevinç Xodiyeva va Bobur Majidovlar iştirok etişini alohida qayd etib ötiş lozim.
Şu kuni soat 16:00dan xayriya aksiyasi doirasida 22-sonli mehribonlik uyi tarbiyalanuvçilari uçun öquv qurollari (qalamlar, böyoqlar, daftarlar, rasm albomlari va hokazolar)ni töplaş boşlanadi. Har birimiz bolakaylarga uşbu yoqimli va kerakli sovğalarni taqdim etiş bilan, ular yuzida tabassum va közlarida quvonç paydo qila olamiz.
«Parus» oilaviy-köngiloçar markazimizning 3-qavati nafaqat mitti yulduzlar va yoş iqtidor egalari bilan töladi, şuningdek milliy estradamizning:
- «Şarq» guruhi;
- Sharqoniy band;
- «Ummon» guruhi;
- Mirjon Aşrapov;
- Farruh Hamrayev;
- Izzat Şukurov;
- Laziz Şaripov;
- John Singer;
- Beatboxer Baxtiyor;
- Yorqin Umarov;
- Zohida;
- Cover Up va boşqalarning ham iştiroklari kutilmoqda.
«Xlebuşkin» nomidagi bolalar uyi tarbiyalanuvçilarining iqtidor egalarini qöllab-quvvatlaş hamda çin köngildan bolajonlarga tuhfalar qiliş uçun taşrif buyuring!
Kontsertdan söng esa oilangiz va bolalaringiz bilan bouling yoki lazertag böylab quvnoq turnir ötkazişingiz, öyin avtomatlari va attraksionlardan foydalanişingiz, zamonaviy dökonlarni aylanişingiz yoki fud-kortimizning mazali taomlaridan bahramand bölişingiz mumkin.
Manzilimiz: Çilonzor tumani, Qatortol köçasi 60-uy. Möljal — Qatortol savdo bozori.
















