Armanistonning muxolif harakat yetakçisi Nikol Paşinyan öz tarafdorlarini Toşkent vaqti bilan soat 18:00da mamlakatdagi barça yöllarni oçişga çaqirdi. Bu namoyişçilar keçki mitingga kelişi uçun qilinişi kerak.
"Men barça yöllarni oçişga çaqiraman, bu odamlar mitingga (Toşkent vaqti bilan soat 20:00 – tah.) kelişi uçun qilinişi lozim", - deya aytib ötdi Paşinyan Facebook’dagi sahifasida joylaştirilgan videomurojaatda.
Uning ta'kidlaşiça, çorşanba kungi norozilik aksiyasi avval heç qaçon kuzatilmagandi. "Armanistonda bugun deyarli bitta ham oçiq yöl qolmadi", - deya aytib ötdi u.
Eslatib ötamiz, avvalroq Armanistondagi namoyişlar yetakçisi Nikol Paşinyanning tarafdorlari Yerevan aeroportiga yöllarni tösib qöyişgani xabar berilgandi. Armaniston Mudofaa vazirligi Yerevan va viloyatlar aholisini harbiy transport harakatlanişiga xalaqit bermaslikka çaqirdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga köra, aeroportga yöl tösib qöyilgan. Yerevandagi yöl harakati butunlay falaj ahvolda – köçalar, metro, temir yöli tösib qöyildi. Köplab kiçik tumanlar va köçalar ham yopib qöyildi. Gyumridagi köçalar, Armaniston Ta'lim va madaniyat vazirligi binosi tösib qöyildi.













