Armanistonda boş vazir saylovlarining ikkinçi turi parlamentning 8 may kuni taşkil etiladigan maxsus yiğilişida bölib ötadi. Bu haqda Milliy yiğiliş spikeri Ara Babloyanning bayonotida aytilgan.

"Milliy yiğiliş (parlament) reglamentiga köra, boş vazirni saylaş masalasi 8 may kuni soat 12:00 (Toşkent vaqti bilan 14:00)da MY maxsus majlisida körib çiqiladi", - deyiladi parlament saytida joylaştirilgan Babloyanning bayonotida.

Eslatib ötamiz, avvalroq Armaniston parlamenti mamlakat boş vaziri lavozimiga yagona nomzod sifatida körsatilgan muxolifat yetakçisi Nikol Paşinyanni uşbu mansabga saylamagani xabar berilgandi. Paşinyan parlamentariylar qaroriga öz munosabatini bildirarkan, ğalabaga qadar Yerevan şahrida miting bölişini bildirdi.