Armaniston boş vazirligiga nomzod Nikol Paşinyan – jamoatçilik fikrini juda nozik tuşunuvçi iste'dodli siyosiy arbob, biroq u mamlakat rivoji uçun öz mas'uliyati darajasini tuşunişi kerak. Armaniston prezidenti Armen Sarkisyan Britaniyaning The Independent gazetasiga bergan intervyusida şunday dedi.
"Janob Paşinyan – jamoatçilik fikrini çuqur tuşunadigan iste'dodli siyosiy arbob. Biroq hukumatni boşqariş – bu umuman boşqa masala. U vaqti kelib özi kötargan barça savollarga javob berişi kerak böladi", - deya ta'kidlab ötdi Armaniston rahbari. Şuningdek, uning ta'kidlaşiça, "mamlakat fuqarolari bugun qora bölmagan barça narsa ham ertaga oq bölib çiqmasligini tuşunişi lozim".
"Namoyişlar vaqtida prezidentdan kutiş muşkul bölgan qadamlarni qöydim. Men Respublika maydonidagi namoyişçilar oldiga borib, siyosiy muloqot imkoniyatini yaratişga harakat qildim. Men şunçaki kabinetda ötirişim mumkin emasdi", - deya öz pozitsiyasini bildirdi Armaniston prezidenti.
Şuningdek, Sarkisyanning qöşimça qilişiça, politsiyaçilar va namoyişçilar örtasida turişga har doim tayyor.
Eslatib ötamiz, avvalroq Paşinyan tahdid haqida ma'lum qildi va tarafdorlarini ogohlikka çaqirgandi.













