Ezgulik qiliş va atrofdagi insonlarga quvonç ulaşiş har birimiz uçun ham qarz, ham farzdir. Zero, bizning maqsadimiz hayotning yorqin tarafida böliş, ezgu amallar va yuksak maqsadlar ila olğa, dadil qadam taşlaşdir. Biz muhim ğoyalar va ularning natijasi ölaroq yonimizdagi insonlarga madad beruvçi ezgu sa'y-harakatlarimiz bilan faxrlanamiz va bu harakatlarimiz intihosi bizga yangi muvaffaqiyatlar olib kelişiga va yanada kuç bağişlaşiga işonamiz. Çunki ekilgan ezgulik uruği unib nihol böladi, yaxşi parvarişlansa kun kelib ulkan daraxtga aylanadi. Uning soyasi va mevasidan qançadan-qança insonlar bahramand böladi. Şu sababli “Avtotest” kompaniyasi ilğor innovatsion ğoyalar va yangidan yangi loyihalarni hayotga tatbiq etiş bilan birga, bir qator xayrli tadbirlarni amalga oşirib kelmoqda.

“Avtotestdan yordam” deb nomlangan navbatdagi ijtimoiy loyiha doirasida tibbiy-ijtimoiy muassasalar, mehribonlik uylari, muruvvat va saxovat uylari, şuningdek aholining ijtimoiy muhofazaga muhtoj qatlami vakillariga beğaraz yordam sifatida 70 ta nogironlik aravaçalari taqdim etildi. Mazkur loyiha “Çin yurakdan” şiori ostida taşkil etilgan bölib, uning maqsadi-aholining ijtimoiy muhofazaga muhtoj qatlamini qöllab-quvvatlaş hamda kompaniyaning davlat va jamiyat oldidagi ijtimoy, qolaversa insonparvarlik nuqtai nazaridan mas'ulligini ta'minlaş va munosib hissa qöşişiga qaratilgan. Loyiha doirasida taşkil etilayotgan tadbirlar Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi bilan hamkorlikda ötkazilmoqda.

Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan tavsiya etilgan respublikamizdagi tibbiy-reabilitatsiya muassasalariga ulardagi talab va ehtiyoj asosida maxsus nogironlik aravaçalari beğaraz yordam sifatida taqdim etildi. Şuningdek, maxsus nogironlik aravaçalari 9 may- “Xotira va qadrlaş kuni” munosabati bilan nogironlar, uruş va mehnat faxriylariga, sihatgohlarga taqdim etiladi. Mazkur aravaçalar buyurtma asosida yurtimizdagi işlab çiqaruvçilari tomonidan işlab çiqarildi.
Köngli kemtik insonlarga beğaraz yordam körsatiş, hyotiga oz bölsa-da yengillik yaratiş, yuz-köziga quvonç ulaşişdan köra qimmatliroq xayrli iş bölmasa kerak. Zero, amalga oşirayotgan sa'y-harakatlarimiz şu maqsadga qaratilgan.

















