Rossiya Federatsiyasi prezidentining «FIFA 2018 – Rossiyada futbol böyiça jahon çempionatini ötkaziş davrida xavfsizlikni kuçaytiriş çora-tadbirlari töğrisidagi» farmoniga muvofiq, Rossiya Federatsiyasi sub'yektlarining 2018 yil futbol böyiça jahon çempionatini ötkaziş bilan boğliq hududlarida hamda ular atrofida kuçaytirilgan xavfsizlik çoralari qöllaniladi va uşbu hududlar uçun çet el fuqarolarini röyxatdan ötkaziş qoidalariga özgarişlar kiritiladi. Bu haqda Özbekiston TIV axborot xizmati xabar berdi.

Farmonga muvofiq, 2018 yilning 25 mayidan 25 iyuligaça Moskva, Sankt-Peterburg, Volgograd, Yekaterinburg, Qozon, Kaliningrad, Nijniy Novgorod, Rostov-Don, Samara, Saransk va Soçi şaharlarida çet el fuqarolarini röyxatga qöyiş muddati Rossiyaga kirib kelgan kundan e'tiboran 1 kun qilib belgilandi.

Özbekiston Respublikasi fuqarolari uşbu özgarişlarga alohida e'tibor berişlari zarur, aks holda ya'ni röyxatdan ötiş yuqorida körsatilgan muddat içida amalga oşirilmasa, bu holat ma'muriy qonun buzilişi deb baholanadi va keyinçalik Rossiya Federatsiyasi hududiga kirişni taqiqlaşga olib kelişi mumkin.