Joriy yil taşkil etilişi rejalaştirilgan OTM qabul test natijalari onlayn e'lon qilinadi. 10 may kuni "Özbekiston" telekanali oraqali töğridan-töğri efirga uzatilgan “Munosabat” tok-şousida şular haqida fikr yuritilgan. Bu haqda huquqşunos va blogger Xuşnud Xudoyberdiyev xabar bergan.

Ekspertlar fikridan anglaşiladiki, bu yil barça fanga 2.1 balldan berilişi haqidagi gaplar - şunçaki miş-miş, haqiqat emas. Avvalgidek, 1.1, 2.1 va 3.1 balldan beriladi.

Ma'lum qilinişiça, test sinovlarining birinçi kuni işlatilgan savollar keyingi kunlarda tuşmaydi. Şuningdek,15 kun davomida SMS xabarlar va telefon aloqasi öçirilib qöyilmaydi, balki respublika böylab test ötuvçi 57 ta katta pavilonlarga aloqani uzuvçi moslamalar örnatilişi rejalaştirilmoqda.

"Barça hududlardagi test savollari kitobi Toşkentga maxsus feldʼegerlik xizmatlari orqali samolyotlarda olib kelinadi va Toşkentda tekşiriladi. Test javoblari ertasi kuni DTM saytida e'lon qilinadi, avvalgidek test ötkazilgan binoga javob varaqalari ilinmaydi. Çunki ertasi kuni u yerda boşqa testlar ötayotgan böladi", deydi blogger.

Körsatuvda aytilişiça, bu yildan boşlab butun respublikada testga şpargalka, telefon va h.k. olib kirişga uringan abituriyent öşa zahoti testdan çetlatiladi. 

"Avvalgidek, keçirimli bölib, telefonini olib qolib, uni nomerlangan konvertga solib, abituriyentni özini testga kiritib yuboriş bölmaydi. Olib kirişga urinişning öziyoq akt tuzib, çetlatişga sabab böladi. Va bu juda töğri qaror, uşbu taklifni avvalroq quyidagi maqolada yozgandim", deydi Xuşnud Xudoyberdiyev.

Test sinovlari kunduzgi, maxsus sirtqi va keçki (smenali) ta'lim şakli uçun har yili 1 avgustdan 15 avgustgaça bölgan muddatda, qoida tariqasida, kuniga ikki smenada ötkaziladi. Birinçi smena soat 08:00 da, ikkinçi smena soat 15:00 da boşlanadi.

Test topşiriqlarini bajariş uçun 30 ta test topşiriğiga 1 soat, 60 ta test topşiriğiga 2 soat, 90 ta test topşiriğiga 3 soat vaqt belgilanadi. Bunda e'tibor beriş kerakki, bu vaqt javoblar varaqasini töldiriş bilan birga berilmoqda. 
Aytişlariça, test ötadigan pavilonlardagi kameralar 31 iyul kuni yoqib qöyiladi va 16 avgust kuni öçiriladi;

Test sinovlari jarayonlari internet orqali translatsiya böladi va imkoni bölsa respublika hamda mahalliy telekanallar orqali töğridan-töğri namoyiş etiş ham rejalaştirilmoqda.​