Toşkent şahrining Sergeli tumani hokimi Baxtiyor Sultonoviç Rahmonov Olmazor tumani hokimi etib tayinlangani xabar berilgandi. Tuman hokimligida şu munosabat bilan ötkazilgan yiğilişda Toşkent şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayev iştirok etdi. Bu haqda KUN.UZ muxbiri xabar berdi.

“Çet eldan kelgan mehmon Toşkentning markazini qidirib topa olmasligi kerak. Ya'ni, u qayerga borsa, öşa yerni markazga aylantiriş kerak. Agarda çet eldan kelgan mehmon özini qulay his qilsa, mahalliy aholi özini ikki barobar qulay his etadi. Töğrisi, yoşligimdan tadbirkorlik bilan şuğullanganim bilan, xalqqa ham foydamiz tegişi kerak. Qölimizdan kelgança harakat qilib keldik. Men aytmoqçi bölgan narsa –  men şu sohaga qiziqyapman va Toşkent şahri xalqiga astoydil xizmat qilaman. Olmazor tumanining yangi hokimiga ham muvaffaqiyatlar tilayman”, - deya aytib ötgan Jahongir Ortiqxöjayev.

Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent şahrining birdaniga uç tumaniga yangi hokimlar tayinlangani xabar berilgan. 

Dastlab, Toşkent şahrining Olmazor tumaniga Baxtiyor Rahmonov yangi hokim tayinlangani xabar berildi.

Oradan biroz ötib, Toşkent şahar hokimining birinçi örinbosari Nozim Husanov Sergeli tumaniga hokimi lavozimini egallagani ma'lum böldi.
 
“Özbekiston poçtasi” AJ boş direktori Şuhrat Atamuxamedov esa Toşkent şahrining Uçtepa tumaniga hokim etib tayinlandi.