Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kreml: Putin va Medvedev hukumat yangi tarkibini muhokama qiladi
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma'lum qilishicha, davlat rahbari Vladimir Putin va bosh vazir Dmitriy Medvedev o‘zaro uchrashuv davomida vazirlar mahkamasining yangi tarkibini muhokama qiladi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
«Sizlar mendan aniq shuni so‘raysizlar: bugun vazirlar mahkamasi qandaydir tarzda e'lon qilinadimi. Sizlarga shuni aytmoqchimanki, uchrashuv va kun tartibini, albatta, davlat rahbari hamda hukumati raisi aniqlaydi. Biroq, albatta, hozirgi vaziyat hisobga olinsa, katta ehtimol bilan vazirlar mahkamasi tarkibi aynan bugun muhokama qilinishini taxmin qilish mumkin», - deya aytib o‘tdi Peskov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kreml Medvedev Putinga hukumat tarkibi bo‘yicha takliflar kiritmagani haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
21:48 / 03.07.2026
Ukraina Rossiyani tinchlikka majburlash operatsiyasini boshladi - NYT
21:11 / 03.07.2026
Britaniyalik siyosatchilar «Masha va Ayiq» multfilmini taqiqlashga chaqirdi
17:14 / 03.07.2026
Putinning reytingi yana pasaymoqda
10:05 / 03.07.2026