AQŞ prezidenti Donald Tramp Nikol Paşinyanni Armaniston boş vaziri lavozimiga saylangani bilan tabrikladi. Bu haqda Interfaks Armanistonning AQŞdagi elçixonasiga asosan xabar bergan.

Trampning qutlov telegrammasida ma'lum qilişiça, özaro manfaatli köplab sohalarda birgalikda işlaş imkoniyatini intiqlik bilan kutmoqda. Jumladan, bu savdo aloqalari, demokratik institutlar va mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlaşda yuz beradi.

«Korrupsiya bilan kuraşdagi yaxşi özgarişlar, barça siyosiy partiyalarning birdamligi va Toğli-Qoraboğ mojarosiga tinç yöl bilan yeçim topiş bu sa'y-harakatlarga kömak beradi hamda Armanistonga yorqin kelajakni ta'minlaydi. Sizga va arman xalqiga eng ezgu niyatlarni tilab qolaman», - deyiladi AQŞ prezidentining qutlovida.

Eslatib ötamiz, avvalroq Armanistonda katta miqyosda repatriatsiya rejalaştirilayotgani xabar berilgandi.