18 may kuni Kubada halokatga uçragan Boeing yölovçi samolyotida 110 kişi bölgan. Bu haqda samolyotni ijaraga olgan Global Air kompaniyasi ma'lum qildi.  

“Cubana de Aviacion kompaniyasining bortida 104 yölovçi va ekipajning 6 a'zosi bölgan B 737-200 modelidagi samolyoti bugun taxminan soat 12.30da Gavana-Olgin reysini amalga oşiriş vaqtida halokatga uçradi”, deb aytilgan aviakompaniya xabarida.

Samolyot havoga kötarilgandan köp ötmay Gavana yaqinidagi Santyago-de-las-Vegasdagi  Xose Marti nomidagi aeroportga qulagan. Uç kişi omon qolgani ma'lum qilingan.