Bortida yuzdan köproq yölovçi bölgan Cubana de Aviacion aviakompaniyasining Boeing 737 yölovçi samolyoti 18 may kuni Kubada halokatga uçradi. Bu haqda Telemundo kanali ma'lum qildi. 

Samolyot Gavanadan Olginga uçayotgan bölgan. U Gavana aeroportidan havoga kötarilgandan bir neça daqiqa ötib qulab tuşgan.

Infobae portali ma'lumotlarga köra, samolyotda 104 kişi bölgan. Cibercuba naşrining ma'lum qilişiça esa, samolyotda ekipajdan taşqari 107 kişi bölgan, ularning barçasi halok bölgan. 

Foto:  AFP/ Adalberto Roque

Voqea guvohlarining ma'lum qilişiça, aeroport tomondan “katta ölçamdagi olov şar” köringan. Aviahalokat sabablari aniqlaştirilmoqda.

Foto:  AFP/ Yamil Lage