Bolgariya prezidenti Rumen Radevning fikriça, Rossiya tomonidan qiruvçilarni sotib oliş imkonsiz. Bu haqda u «Kommersant'»ga bergan intervyusida ma'lum qilgan.

Uning sözlariga köra, mamlakat öz harbiy-havo kuçlarini modernizatsiya qiliş niyatida hamda buning uçun yangi turdagi jangovar samolyotlarni xarid qilyapti. Mamlakat hukumati talablariga muvofiq, bunday qiruvçilar Yevroittifoq yoki NATOga kiruvçi mamlakatlarda işlab çiqarilgan yoxud ularning qurolli kuçlarida bölişi darkor.

«Bu talab savolga javob beradi, şuning uçun keling vaziyatga töğri qaraymiz – qöşimça tarzda MiG qiruvçilarini sotib oliş imkonsiz», - deya ma'lum qilgan Radev.

Şuningdek, uning qöşimça qilişiça, Bolgariya SSSR davridagi texnikani jangovar şay holatda saqlaşda davom etadi.

Eslatib ötamiz, avvalroq OAV AQŞ va Rossiya qiruvçisini taqqoslagandi.