Armaniston prezidenti Armen Sarkisyan mamlakat janubidagi oltin konidan foydalanişga qarşi norozilik namoyişi uyuştirgan faollarning oldiga çiqdi, hamda ular bilan raqsga tuşdi. Bu haqda Sputnik Armaniston xabar bermoqda.
Ta'kidlanişiça, bir guruh şaxslar mamlakat janubidagi Syunik oblastida joylaşgan Amulsar konidan foydalanişga qarşi norozilik bildiriş uçun kelişgan. Faollarning fikriça, oltin qazib oliş mintaqa ekotizimiga zarar yetkazmoqda.
Avvaliga namoyişçilar oldiga prezident ma'muriyati xodimlari çiqqan va petitsiyani olib ketgan. Biroq, oradan bir neça daqiqa ötib, ularning oldiga Sarkisyanning özi çiqib keldi. U şikoyatlarni eşitib va namoyişçilar bilan gaplaşib, ketişga çoğlangan, biroq şu paytda namoyişçilar koçari milliy raqsiga tuşa boşlaşgan, sababi aksiya ham raqsdan boşlangan. Armaniston prezidenti esa kutilmaganda ularning safiga qöşildi. Raqs uning faol iştirokida davom etgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Armanistonda katta miqyosda repatriatsiya rejalaştirilayotgani xabar berilgandi.












