Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 22 maydagi qarori bilan Moliya vazirligi Ğaznaçiligi vazirlikning Yagona ğazna hisobvarağidagi vaqtinça böş mablağlarni tijorat banklari depozitlariga joylaştiriş böyiça yagona organ etib belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar bergan.
Qarorga köra davlat maqsadli jamğarmalari va byudjyetdan taşqari boşqa jamğarmalar, şuningdek byudjyet taşkilotlari vaqtinça böş mablağlari tijorat banklari depozitlariga özlari mustaqil yoki öz xohişlari bilan Ğaznaçilik bölinmalariga buyurtnomalar taqdim etiş yöli bilan joylaştirilişi mumkin.
Moliya vazirligi Ğaznaçiligi tomonidan depozitlarga mablağlarni joylaştiriş mumkin bölgan banklar tanlov asosida aniqlanadi.
Davlat byudjyeti mablağlari tijorat banklari depozitlariga bir moliya yili doirasida, davlat maqsadli jamğarmalari va byudjyetdan taşqari boşqa jamğarmalar, şuningdek byudjyet taşkilotlarining byudjyetdan taşqari mablağlari esa 12 oygaça muddatda joylaştiriladi.
Davlat byudjyetining vaqtinça böş mablağlarini tijorat banklarining depozitlariga joylaştirişga olingan daromadlar quyidagi tartibda taqsimlanadi:
80 foizi – respublika byudjyeti daromadiga;
20 foizi – moliya tizimini ijtimoiy rivojlantiriş va xodimlarning moddiy rivojlantiriş jamğarmasiga.
Tijorat banklari depozitlarga joylaştirişgan vaqtinça böş mablağlar, şu jumladan, foizlar öz vaqtida qaytarilmagan taqdirda:
şartnomada belgilangan tartibda qarzdorlikni undiradi;
har bir keçiktirilgan kun uçun muddati ötkazib yuborilgan qarz summasining
0, 033 foizi miqdorida penya hisoblanadi.















