Armaniston prezidenti Armen Sarkisyanning ma'lum qilişiça, Britaniya şahzodasi Çarlzga Armaniston hududidagi kiçik boğni sovğa qilgan. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

Sarkisyan şahzodani Armaniston dösti, deb atagan.

«U arman arxitekturasini juda yaxşi biladi va 2013 yilning mayida Armanistonni köriş uçun kelgandi. Döstlikdan taşqari, moddiy qiymatga ega bölgan yagona narsa, bu kiçik boğ, u mening oilam, öğillarim va uning öğillariga tegişli edi, men uşbu boğni unga sovğa qildim», - deya aytib ötgan davlat rahbari.

Uning qöşimça qilişiça, boğ Armaniston hududida joylaşgan, biroq u aynan qayerda joylaşganini aytişdan boş tortgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Armaniston prezidenti namoyişçilar oldiga çiqib, ular bilan raqsga tuşgani xabar qilingandi.