Malayziyaning Kuala-Lumpur şahrida Özbekiston Tibbiy ilmiy faoliyat bilan şuğullanuvçilar akademiyasi raisi Asqarov Ibrohim Rahmonoviç va Malayziya Milliy universiteti qoşidagi Islom hadxari instituti rektori Muhammad Yusuf örtasida uçraşuv bölib ötdi. 

Unda Tibbiy ilmiy faoliyat bilan şuğullanuvçilar akademiyasi hayoti,  Özbekistonda amalga oşirilayotgan ijobiy islohotlar, ziyorat turizmi sohasida yaratilgan imkoniyatlar hakida ma'lumot berildi. 

Foto: Tibbiyot akademiyasi

Suhbat davomida Islom hadxari instituti rektori fizika fanlari doktori, professor  Muhammad Yusuf Özbekistonda dunyoning 20ta kimyo fanlaridan biri «Tovarlar kimyosi» fani Özbekistonda xizmat körsatgan ixtiroçi, kimyo fanlari doktori, professor Ibrahim Asqarov tomonidan yaratilganiga yuksak baho berib, qolgan 19ta fan AQŞ va Yevropa qit'alari mamlakatlarida yaratilgani, yangi fan esa Ibn Sino yurtida, özbek olimi tomonidan yaratilganini olqişlaşini bildirdi. 

Foto: Tibbiyot akademiyasi

Şu bilan birga, uçraşuvda Özbekiston tibbiy ilmiy faoliyat bilan şuğullanuvçilar akademiyasi va Malayziya milliy universiteti qoşidagi Islom Xadxari instituti  örtasida memorandum imzolanişi töğrisida kelişuvga erişilib, kelajakda Malayziya Islom hadxari instituti bilan Özbekiston tibbiy ilmiy akademiyasi örtasida hamkorlik yölga qöyilişi belgilandi.