Qayd etilishicha, Samarqand avtomobil zavodida esa o‘tgan yilda 3600 dona yuk avtomobillari va avtobuslar ishlab chiqarilgan. O‘sish hajmi 5,5 foizni tashkil etgan. JV MAN Auto-Uzbekistan qo‘shma korxonasida esa 1200 dona yuk avtomobillari va avtobuslar ishlab chiqarilgan.
Ta'kidlanishicha, 2017 yilda GM Uzbekistan AJ savdo tizimida shaffoflikni ta'minlash maqsadida ichki bozorda avtomobillar savdosining yangi tizimini ishga tushirdi. Natijada O‘zbekiston ishlab chiqarilgan yengil avtomobillarni Chevrolet.uz yagona savdo portali orqali ham xarid qilish imkoniyati yaratilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq GM Uzbekistan Matiz ishlab chiqarishni to‘xtatayotgani haqida xabar berildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev esa 29 may kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida Andijondagi avtomobil zavodini tanqid qilgandi.











