Özbekiston Mudofaa vazirligi toğ tayyorgarligi markazida Qurolli Kuçlar tarkibidagi vazirliklar, Mudofaa vazirligi harbiy okrug va oliy harbiy ta'lim muassasalari harbiy xizmatçilari örtasida dengiz sathidan 3309 metr balandlikda bölgan katta Çimyon çöqqisiga tezkor çiqiş böyiça çempionat ötkazildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Musobaqa qatnaşçilari Çimyon toğ etagidagi maydondan boşlab, toğning ğarbiy qirrasi, Beldirsoy, Çöponlar dovoni hamda yönalişdagi ğor böylab (mustaqillik himoyaçisi, Özbekistonda harbiy alpinizmni rivojiga munosib hissa qöşgan “Jasorat” medali sohibi leytenant Sayyor Sadinov (marhum) yodgorligi örnatilgan) Çimyon toği çöqqisigaça bölgan qoyali va qorli hududlardan ötişdi. Har bir jamoada ikki harbiy xizmatçi iştirok etdi. Ular 6 km.dan ziyod masofa (piyoda yurganda ikki kunlik maşaqqatli yöl)ni qisqa fursatlarda bosib ötib, yuqori natija qayd etişdi.
Katta Çimyon toğ çöqqisiga birinçilardan bölib, 1 soatu 24 daqiqada Mudofaa vazirligi toğ tayyorgarligi markazi vakillari Ş. Botirov va Ş. Örozboyev kötarildi. Şundan söng Surxondaryo viloyatidagi harbiy qism harbiy xizmatçilari J. Mirzaraimov, U. Musurmonqulov 1 soatu 52 daqiqada ikkinçi, Qurolli Kuçlar akademiyasi kursantlari O. Qöldoşev va I. Abdullayev esa 2 soatu 4 daqiqada marra çiziğini bosib, uçinçi poğonadan joy olişdi.
Çempionatda Şarqiy harbiy okrug va Favqulodda vaziyatlar vazirligi 4 va 5 poğonalarni band etişdi.
Ğolib va sovrindorlarga Mudofaa vazirligi nomidan kubok va faxriy yorliqlar topşirildi.















