Xalqaro bolalarni himoya qiliş kuni munosabati bilan Özbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Andijon viloyati 89165 va 96635-harbiy qismlar komandirlari mayor Husniddin Şermatov, kapitan Saidbek Hakimov, harbiy qism komandirlari örinbosarlari podpolkovnik Anvar Mavlonov, kapitan Akilbek Umaraliyevlar taşabbusi bilan Andijon şahrida joylaşgan ota-onasidan qarovsiz qolgan “Bolalar şaharçasi”dagi tarbiyalanuvçilar bilan harbiy vatanparvarlik mavzusida madaniy-ma'rifiy tadbir ötkazildi.


Tadbirdan közlangan asosiy maqsad ota-onasiz, voyaga yetmagan yoşlarga moddiy va ma'naviy yordam körsatiş, mehrga muhtojlar holidan xabar oliş, jamiyatda öz örinlarini topişlarida turtki vazifasini ötaşga qaratildi.
Tadbirda Özbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi 89165 va 96635-harbiy qismlar harbiy xizmatçilari tomonidan körgazmali harbiy qurollar namoyişi hamda qöl jangi böyiça çiqişlar tarbiyalanuvçilarni xuşnud etdi. “Bolalar şaharçasi”dagi tarbiyalanuvçilar harbiy xizmatçilar tomonidan sovğalar bilan taqdirlanişdi.





















