Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turistlar mamlakatdagi xarajatlari haqida so‘rovdan o‘tkazilmoqda
Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda respublika bo‘yicha turizm xizmatlari eksportining asosini tashkil qiluvchi o‘rtacha bitta turist xarajatlarini qayta ko‘rib chiqish uchun tanlanma so‘rovnomalar o‘tkazilishi boshlandi.
Mazkur tanlanma so‘rovnomalar, joriy yilning 4 iyun kuni boshlanib, Toshkent xalqaro aeroportida, Toshkent shimoliy temir yo‘l vokzalida hamda asosiy chegara bojxona postlarida amalga oshirilmoqda.
Qayd etilishicha, bu ish shu yilning 30 iyuniga qadar davom etadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda turistlar tashrif buyurishi taqiqlangan hududlar ochilgandi.
Mavzuga oid
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
11:05 / 29.06.2026
O‘zbekistonda aholisi eng kam hududlar ma’lum bo‘ldi
17:59 / 24.06.2026
638 mln so‘m - O‘zbekistondan o‘tuvchi hashamatli poyezdga chipta savdosi ochildi
12:02 / 18.06.2026