Şaxmat böyiça jahon çempioni norvegiyalik Magnus Karlsen rossiyalik grossmeyster Sergey Karyakinni ozarboyjonlik Şaxriyor Mamediyorov bilan kelişilgan partiyalarni ötkazişda aybladi. 

«Men şuni bilamanki, Karyakin va Mamediyorov avvalgi musobaqalarda durang haqida kelişib olgan», - deya Karlsenning sözlarini keltiradi TV2 telekanali.

Norvegiyalikning fikriça, şunday holatlardan biri Stavangerdagi musobaqada yuz bergan.

«Menda heç qanday dalillar yöq, lekin men bunga hayron bölmayman. Balki, birga işlaydigan va döst bölgan odamlarning özaro partiyalarini diqqatlik bilan kuzatib boriş kerakdir. Öşanda aldov holati aniqlanadi», - deya ta'kidlab ötdi Karlsen.

Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston şaxmat federatsiyasiga yangi rais saylangandi.