Sport | 07:48 / 11.06.2018
36352
1 daqiqa o‘qiladi

Ramzon Qodirov Salohni dunyodagi eng yaxshi futbolchi deb atadi

Foto: AFP

Checheniston Respublikasi rahbari Ramzon Qodirovning ma'lum qilishicha, Misr terma jamoasi hujumchisi Muhammad Saloh jahondagi eng yaxshi futbolchi sanaladi.

«Muhammad Saloh - dunyodagi eng yaxshi futbolchi va ideal inson», - deya Qodirovning so‘zlarini keltiradi «Sport-Ekspress».

Futbol bo‘yicha jahon chempionati Rossiyaning 11 shahrida 14 iyundan 15 iyulga qadar bo‘lib o‘tadi. Misr terma jamoasi A guruhida Rossiya, Urugvay va Saudiya Arabistoni bilan kuch sinashadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron terma jamoasi bosh murabbiyi Karlush Keyrush FIFAga iltimos bilan chiqqandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid