Vazirlar Mahkamasining 31.05.2018 yil 31 maydagi 408-son qarori bilan Avtomototransport vositalari va şahar elektr transporti vositalari haydovçilarini tayyorlaş, qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş böyiça nodavlat ta'lim xizmatlari körsatiş faoliyatini litsenziyalaş tartibi töğrisida nizom tasdiqlandi, deb yozmoqda Norma.

Faoliyatni litsenziyalaş tartibi

Mazkur yönaliş böyiça nodavlat ta'lim xizmatlarini körsatiş sohasida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi tomonidan quyidagilar amalga oşiriladi:

• avtomototransport vositalari va şahar elektr transporti vositalari haydovçilarini tayyorlaş, qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş böyiça nodavlat ta'lim xizmatlari körsatiş faoliyatini taşkil etiş uçun yuridik şaxslarga litsenziya beriş;
• litsenziyaning amal qiliş muddatini uzaytiriş;
• litsenziya amal qilişini töxtatib turiş yoki töxtatiş
• litsenziyani bekor qiliş va qayta rasmiylaştiriş.
 
Lisenziya çeklanmagan muddatga beriladi.
 
Lisenziya beriş
 
Umumiy va maxsus litsenziya talablari, şuningdek litsenziya oliş uçun zarur bölgan hujjatlar röyxati tasdiqlandi. Lisenziya oliş uçun arizani va zarur hujjatlarni bevosita Davlat xizmatlari markaziga taqdim etiş yoki elektron şaklda YaIDXP orqali yuboriş mumkin.
 
Arizani körib çiqiş uçun EKIHning 2 baravari miqdorida yiğim undiriladi. Da'vogar berilgan arizadan voz keçgan taqdirda tölangan yiğim summasi qaytarilmaydi. Lisenziya beriş yoki litsenziya berişni rad etiş töğrisidagi qaror litsenziya da'vogarining arizasi olingan kundan boşlab 9 iş kunidan ortiq bölmagan muddatda da'vogarga taqdim etiladi.
 
Lisenziyani beriş yoki amal qiliş muddatini uzaytiriş uçun EKIHning 10 baravari miqdorida davlat boji undiriladi.
 
Lisenziyani qayta rasmiylaştiriş