Şu yilning 19 iyun kuni taxminan soat 18:00da Toşkent avtomobil halqa yölining Örikzor bozoriga yaqin qismida noqulay ob-havo şaroiti tufayli yuqori kuçlanişli elektr temir ustuni yölning qatnov qismiga ağdarilib tuşgan. 

Foto: IIBB axborot xizmati

Poytaxt IIBB axborot xizmati xabariga köra, baxtli tasodif tufayli heç kim jabrlanmagan. Biroq yaqin atrofdagi xonadon va binolar vaqtinçalik elektr tokidan uzilib qolgan.

Foto: IIBB axborot xizmati

Şu munosabat bilan, voqea joyiga Içki işlar organlari, elektr tarmoği xizmati va tuman hokimligi xodimlaridan iborat tezkor guruh yetib keldi va yuzaga kelgan vaziyat nazoratga olindi. Jumladan, elektr ustuni ağdarilib tuşgan yöl qismi yopilib, avtotransportlar harakati yölning qarama-qarşi tomoniga ötkazildi.

Foto: IIBB axborot xizmati

Olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida, yuzaga kelgan nosozlik bir sutka içida töliq bartaraf etilib, elektr ustunlari soz holga keltirildi. Natijada xonadon va binolarda elektr toki qayta tiklangan. Toşkent avtomobil halqa yölidagi vaqtinçalik tösiq olib taşlandi.

Foto: IIBB axborot xizmati